Inspeksiya haqida
Inspeksiya tuzilmasi va uning huquqiy asoslari
Litsenziya haqida
Litsenziyalash tartibi va litsenziya reestiri
Inspeksiya haqida
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish sohasida samarali nazorat tizimini joriy etish, ularning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish, biznesni yuritish uchun sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida tashkil etilgan.
Foto Lavhalar
Inspeksiya faoliyati nazar
Zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish, noqonuniy ishlab chiqarish va savdoning oldini olish, aksiz markalari uchun yangi namunalarni ishlab chiqish, hamda tegishli organlar bilan hamkorlikda nazorat va monitoring ishlarini tashkil qilish asosiy vazifalardandir.

Asosiy vazifalaridan biri
Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va realizatsiya qilish hamda uning nazoratini ta’minlash bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritishda ishtirok etish
Asosiy funksiyalaridan biri
Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish sanoatini diversifikatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish, ushbu sohaga xalqaro standartlarni joriy qilish
Asosiy huquqlaridan biri
Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish



Inspeksiya bilan
Alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarish hamda aylanmasining oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish, bunga imkon beruvchi sabablar hamda sharoitlarni bartaraf etish borasida vakolatli organlar bilan hamkorlik qilish uchun
Sohaga oid so’ngi yangiliklar
Alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday mahsulotlarning noqonuniy sotilishi nafaqat iste’molchilar xavfsizligini xavf ostiga qo‘yadi, balki davlat byudjetiga ham zarar yetkazadi.
Mazkur holatlarning oldini olish va qonuniy savdoni ta’minlash uchun sizni Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasiga murojaat qilishga chaqiramiz. Mahsulotlarning qonuniyligi bo‘yicha shubhalaringiz bo‘lsa, darhol xabar bering!
Ishonch telefoni
+998 71 202 86 90
Elektron pochta
alcoinspection@umail.uz
Manzil
O’zbekiston 100069, Toshkent sh, Taraqqiyot 1-berk ko’cha, 8-uy




