Korxonalar bilan ishlashLitsenziyalash

Bosh prokuratura huzuridagi Departament qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish Inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Mirxamidov tomonidan Toshkent viloyati Qibray tumanidagi alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada o‘rganishlar olib borildi.


Mazkur tadbirkorlik subyekti alkogol mahsuloti ishlab chiqarishda litsenziya olish uchun Inspeksiyaga murojaat qilgan. Unga asosan olib borilgan o‘rganish jarayonida ishlab chiqaruvchi korxonaning ish hajmi, ishlab chiqarish asosiy texnologik uskunalar va mahsulot sifatini aniqlash laboratoriyalarining holati va mosligi, sanitariya-gigiyena talablarga rioya etilganligi hamda ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Unda mazkur soha rivojida sog‘lom muhitni yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan Farmon va Qarorning mazmun-mohiyati, iste’mol va etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatiga litsenziya berish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish tartibi haqida ham ma’lumotlar berib o‘tildi.
 
Bugungi kunda respublika miqyosida lizensiyaga ega  54 ta alkogol va 3 ta tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda 144 ta ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari mavjud bo‘lib, Inspeksiya xodimlari tomonidan ularga iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda yangi joriy etilgan qo‘shimcha lizensiya talablari tushuntirilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yil 1-oktyabrdan yillik lizensiya to‘lovlarini, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etish, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishda va ularning savdosida mahsulotlarning  sifat talablariga, shuningdek, aksiz markalarini qo‘llash hamda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etish hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini monitoring va nazorat qilish imkonini beruvchi videokuzatuv vositalarini o‘rnatish kabi yangi mexanizmlar amaliyotga tatbiq etiladi.


Lizensiya talablariga kiritilayotgan bu kabi o‘zgartishlar markirovkalanmagan yoki noqonuniy mahsulot ishlab chiqarish va uni muomalaga kiritilishining oldini olib, bu sohada mavjud yashirin iqtisodiy harakatlarni o‘z vaqtida aniqlashda katta yordam beradi.
O‘rganishlar jarayonida ushbu korxonada litsenziya olish uchun talab qilanadigan mahsulot ishlab chiqaruachi asosiy texnologik uskunalar va hisoblagichlar to‘liq o‘rnatilmaganligi, texnologik uskunalar o‘rnatiladigan bino-inshootlari to‘liq ta’mirdan chiqmaganligi aniqlanib, tadbirkorlik subyektiga ushbu kamchiliklarni bartaraf etish va qayta murojaat etish tartibi tushuntirildi.

Ayni paytda Inspeksiya tomonidan mazkur yangi mexanizmlar yuzasidan loyihalar ishlab chiqilib, joylarda tadbirkorlik subyektlari bilan tashkil etilayotgan uchrashuv va o‘rganishlarda kerakli taklif va mulohazalar bildirilmoqda.

Dekabr 2025
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  
Skip to content