O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 184-sonli Farmon bilan tasdiqlangan “YO‘L XARITASI”ning 16-bandida tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablardan xabardorligini oshirishga oid seminar-treninglar tashkil etish rejalashtirilgan.

Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan, 2025-yil 15-fevralda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan “Majburiy talablar bo‘yicha tadbirkorlarning xabardorligini oshirish yuzasidan semenar trening o‘tkazish” reja-grafigi asosida iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsuloti hamda tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari bilan semenar-trening o‘tkazildi.

Unda Inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosari B.Mirxamidov, Adliya vazirligi ma’sul xodimi O.Axmedov, Savdo sanoat palatasi ma’sul xodimi A.Saparbayev va 32 nafar ishlab chiqaruvchilar ishtirok etdi.
Semenar-trening davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoni va PQ–204-son qarorlari va qonunchilikda belgilangan majburiy talablar yuzasidan tushuntirib berildi.

Yuqorida keltirilgan Farmon va qarorlarga asosan alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasidagi 3 ta qonun hamda Hukumatning 16 ta qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi va ushbu o‘zgartirishlar orqali kiritilgan majburiy talab va shartlar to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 29.01.2025-yildagi “Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 45-son qarori bilan:
- истеъмол ва техник этил спирти, алкоголь маҳсулотларининг ишлаб чиқариш ва ҳисобга олиш, маҳсулотларни сақлаш, ташиш ва реализациясини амалга оширишни ҳисобга олиш ҳамда ушбу жараёнларни назорат қилиш ва ҳисобот топшириш тартиблари белгиланганлиги;
- ушбу қарор билан айрим Ҳукумат қарорларига ўзгартиришлар ва қўшимчалар киритиш орқали лицензия талаб ва шартларига ўзгартириш киритилганлиги билдирилди.
Таъкидлаш лозимки, қарорларда белгиланган мажбурий талаблардан ташқари, тадбиркорлик субъектларида юзага келаётган муаммо ва камчиликларни бартараф этиш юзасидан мутахассислар томонидан кўмаклашиш мақсадида ҳуқуқий кўрсатмалар бериб ўтилди.


