Qonunbuzarlik holatlari

Oltinsoy tumanida qonunga xilof ravishda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqargan korxona aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinsoy tumani bo‘limi hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.” xususiy korxonasining ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasi bekor qilingan bo‘lsa-da, korxona mas’ul shaxslari “Degres” MFY hududidagi ishlab chiqarish sexida umumiy qiymati 2,2 mlrd so‘mlik alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarib realizatsiya qilganliklari, shuningdek 116,1 mln so‘m soliq to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tags:

Dekabr 2025
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  
Skip to content