
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iste’mol etil spirti va alkogol mahsulotlari sifatini organoleptik baholash bo‘yicha respublika degustatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 26.12.2019 yildagi 1039-son qaroriga asosan Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi Degustatsiya komissiyasi yig‘ilishini amalga oshirish hamda ishlarini tashkillashtirishni belgilangan tartibda konkurs asosida akreditatsiyalangan laboratoriyalarda amalga oshirishi mumkinligi belgilangan.
Mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, 2026-yilda Iste’mol etil spirti va tayyor alkogol mahsulotlarini choraklik va navbatdan tashqari organoleptik baholash ishlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.
Quyidagi faylda ko‘rsatilgan texnik talablarga muvofiq tijorat takliflaringizni tayyorlab, 2026-yil 20-yanvargacha info@alkoinspeksiya.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni so‘raymiz.
Tanlov texnik talablari bilan tanishib chiqish uchun havola bo’yicha o’ting va faylni yuklab oling.
