Litsenziyalash tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
21.02.2022 yildagi 80-son qarori
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan faoliyatni “Litsenziya” axborot tizimi orqali litsenziyalash, litsenziatlar faoliyatini nazorat qilish va ularning hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Litsenziyalash va ruxsatnoma olish sohasida interaktiv xizmatlar ko’rsatish uchun «Litsenziya» axborot tizimlari majmuasi
Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash
Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish uchun litsenziya.
Yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining soliq
rezidentlari.
a) ariza;
Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, STIR, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank
muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, telefon raqami,
elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ombor binolarining joylashgan joyi, ishlab chiqariladigan mahsulot turining nomi, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
b) ishlab chiqarish obyektining pasporti.
15 ish kuni
Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash
Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati uchun litsenziya
Yuridik shaxslar
a) ariza; Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
b) quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi ishlab chiqarish obyektining pasporti:
Ishlab chiqarish obyektining bosh rejasi, shuningdek, ishlab chiqarish sikli va muhandislik-texnik kommunikatsiyalarining joylashishi to‘g‘risidagi hujjatlar; uskunaning ishlab chiqarilgan yili, ishlab chiqaruvchisi va ishlab chiqarilgan mamlakat; uskunaning
10 ish kuni
Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi (tabiiy va ko‘piklanadigan vinolar, pivo va pivo
ichimliklari bundan mustasno) faoliyatini litsenziyalash
Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyat uchun litsenziya.
Yuridik shaxslar
a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, STIR, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosini amalga oshirishga ombor binolarning yuridik manzillari, litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) alkogol mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatish uchun mo‘ljallangan binoga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjat yoki ijara shartnomasining nusxasi; v) shakllantirilgan ustav fondi miqdori to‘g‘risida dalolat beruvchi hujjat nusxasi.
4 ish kuni

