Qalbaki mahsulotlardan ogoh bo’ling.
Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘p bora qayd etilishiga qaramay, hududlarda fuqarolarimiz hamda ayrim tadbirkorlar tomonidan sifatsiz, inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan, yaroqlilik muddati o‘tgan alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi hali-xamon uchrab turibdi.

Shu bois, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi Respublikamiz fuqarolarini bu kabi qalbaki mahsulotlar savdosi va iste’molidan ogoh bo‘lishga chaqiradi.
Haqiqiy va kontrafakt mahsulotlar farqini aniqlashda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim!
🔹alkogol mahsulotlarida dastlab shisha idishda talab etilgan aksiz markasiga;
🔹raqamli markirovkasi mavjud yoki mavjud emasligiga;
🔹yaroqlilik muddatiga e’tibor qaratilganligi maqsadga muvofiq.
🔹Shuningdek, tamaki mahsulotlari savdosida ham sigaret qutisida talab etilgan aksiz markasi, raqamli markirovkasi, mahsulot ishlab chiqarilgan kun, oy va yil ko‘rsatilishi;
🔹21 yoshga to‘lmagan fuqarolarga mumkin emas belgisi bo‘lishi hamda sigaret qutisi yuza qismining 65 foizda tegishli tibbiy ogohlantirish rasmi bo‘lishi shart.
Fuqarolarimiz ushbu mahsulotlarni xarid qilishlarida albatta mazkur jihatlarga e’tibor berishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, kontrafakt mahsulotlarda ogohlantiruvchi rasm va yozuv, shuningdek raqamli hamda aksiz markirovka bo‘lmaydi.
Bo‘lganda ham undagi raqamlar bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi aniq.
Hurmatli fuqarolar, ishbilarmon va tadbirkorlar!
Agarda siz shunday noqonuniy harakatlarga duch kelsangiz Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyaning doimiy ishonch raqamiga (71 202 86 90) qo‘ng‘iroq qiling.
Bu bilan biz mamlakatimizda avvalo inson salomatligini asrash, qolaversa noqonuniy ishlab chiqarish hamda yashirin iqtisodiy harakatlarni oldini olishga o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz.
