
Alkogol va tamaki sohasini tartibga solish borasida qabul qilingan Farmon va Qarorlarning mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subyektlariga yetkazish hamda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Departament qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish Inspeksiyasi boshlig‘i O‘.Qobilov Toshkent viloyatidagi alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda bo‘ldi.
Ayni kunda Toshkent viloyatida 14 ta iste’mol etil spirti va alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar mavjud bo‘lib, joriy yilning o‘tgan 7 oyida ularda 840 ming dekalitr alkogol mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Uchrashuvda ishlab chiqarish faoliyati, texnik va texnologik talablarning ijrosi, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilish holatlari hamda ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar yaqindan o‘rganildi.
Korxona vakillari va ishchi-xodimlarga alkogol va tamaki bozorini tartibga solish maqsadida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, iste’mol va etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash tartibi, onlayn raqamlashtirish hamda integratsiya tizimining qulayliklari xususida to‘liq ma’lumotlar berildi.
Ayni paytda sohada sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida raqamlashtirish, GPS axborot tizimlarini hamda integratsiyani joriy etilishi iste’molchiga qonuniy va sifati kafolatlangan mahsulotlarni sotib olishda, insonlar hayoti va salomatligini muhofaza qilishda, jamoat nazorati va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu esa, yashirin iqtisodiy faoliyatni oldini olish, biznesda daromadlarning o‘sishi, jarayonlarni optimallashtirish va harajatlarni kamaytirish, ta’minot zanjiri bo‘ylab mahsulotlarning harakatlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga kirishga imkon yaratadi.
Натижада соҳада соғлом рақобат муҳити шаклланиб, қонуний тадбиркорлик ривожи орқали солиқ ва божхона тўловлари тўлиқ таъминланади.
Инспекция томонидан мазкур йўналишдаги тарғибот тадбирлари Республикамизнинг барча ҳудудларида ўтказилиши режалаштирилган.
