Qonunbuzarlik holatlari

Farg‘ona viloyatida qonunga xilof ravishda etil spirti ishlab chiqarish holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahar bo‘limi hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F.” MCHJning ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasi bekor qilingan bo‘lsa-da, MCHJ mas’ul shaxslari “Pakana” MFY hududidagi ishlab chiqarish sexida qonunga xilof ravishda 4 500 litr etil spirtini ishlab chiqarganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tags:

Fevral 2026
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728  
Skip to content