Korxonalar bilan ishlashUchrashuvUncategorized

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish Inspeksiya boshlig‘i U.Qobilov hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Tizimli tahlil boshqarmasi boshlig‘i B.Xolmatovlar boshchiligida 36 nafar vinochilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona rahbarlari hamda soha mutaxassislari bilan uzumchilik va vinochilik sohasini rivojlantirish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda uzumchilik va vinochilik sohasidagi muammolarni bartaraf etish, sohani rivojlantirishga qaratilgan chora tadbirlarni ishlab chiqish hamda vino mahsulotlarini eksportini amalga oshirishda, shuningdek, soha mutaxassislarini tayyorlash va mavjud mutaxassislarni malakasini oshirish kabi masalalarda amaliy va huquqiy yordam ko‘rsatish masalalariga asosiy e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, korxona vakillariga uzumzorlarni kengaytirish, yangi va hosildor uzum navlarini ko‘paytirish, vinochilik mahsulotlarining eksportini rivojlantirish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Davra suhbati davomida O‘zbekiston tez kunlarda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi yangi imkoniyatlarga erishish shuningdek, xorijiy davlatlarda O‘zbek milliy brendi ostida vinochilik savdo uylarni tashkil etish va ishlab chiqaruvchilarga xorijda va mahalliy bozorlarda mahsulot marketingi bo‘yicha alohida shug‘ullanish lozim ekanligi to‘g‘risida takliflar berildi.

Sohani yangi bosqichga olib chiqish, mavjud imkoniyatlarni to‘liq safarbar qilish hamda ishlab chiqaruvchilarning sohadagi muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida Inspeksiyada ishchi guruh tashkil qilindi.

Ma’lumot o‘rnida, 2024 yilda ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 3,8 mln dollarlik 4,9 mln litr vino va vino xom-ashyosi eksporti amalga oshirilgan, eksport geografiyasi 8 ta davlatni qamrab olgan bo‘lib, bular Rossiya, Qozog‘iston, Belorusiya, Qirg‘iziston, AQSh, Mo‘g‘iliston, Gruziya va Latviya davlatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Tags:

Dekabr 2025
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  
Skip to content