HamkorlikXalqaro

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining Shandun provinsiyasi Tamaki monopoliyasi boshqarmasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi “Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish hamda ularning noqonuniy aylanmasining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida alkogol va tamaki bozorini tartibga solishda xorijiy kompaniyalar tajribasini o‘rganish, milliy tizimga ularning mazkur sohadagi yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish, tadbirkorlik subyektlariga yaratilgan qulay investitsiya sharoitlari haqida ma’lumotlar berildi.

O‘z navbatida, Xitoy davlati delegatsiyasi Tamaki monopoliyasi boshqarmasi faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlarining zamonaviy tendensiyalari haqida ma’lumotlar berib, halqaro hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv do‘stona muloqot tarzida o‘tkazildi hamda qayd etilgan masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish va tajriba almashishga kelishib olindi.

Iyun 2026
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930  
Skip to content